Hello [Uzbek translation]
Hello [Uzbek translation]
Salom, bu menman
Qiziqyapmanki, shuncha yillar o'tgach
Balki uchrashmoq istarsan
Barini muhokama etmoq uchun...
Aytadilarki, vaqt insonni davolarmish
Lekin menga hali ham shifo yo'qdir.
Salom, meni eshityapsanmi?
Men Kaliforniyadaman hayol etib qanday bo'lganimizni
Hali yosh va ozod davrimizda..
Dunyo ostin-ustun bo'lgunga qadar qandayin o'zgacha bo'lgani yodimdan ko'tarilibdi...
Oramizda shunchalar farq va benihoya masofa borki...
Salom deyman tarmoqning boshqa tarafidan,
Minglab marotaba qo'ngiroq qilgan bo'lsam ajabmas
Barcha qilmishlarim uchun kechirim so'ramoq uchun
Lekin har safar qo'ng'iroq qilsam sen bo'lmaysan uyda.
Salom deyman tashqaridan
Har neysa senga urindimku aytmoqqa
Kechirgin meni deb, yuragingni sindirganim chun.
Lekin buning farqi yo'q, seni ortiq qiziqtirmas bu...
Salom, qandaysan?
Doim o'zim haqimda gapiraveraman.
Kechirgin meni, sen yaxshi yuribsan deb umid qilaman
Sen o'sha shahardan hech ketoldingmi?
Hech narsa go'yo sodir bo'lmagan shahardan...
Sir emaski,
Ikkimiz ham vaqtni boy beryapmiz.
Neysa, senga salom deyman tashqi dunyodan,
Senga minglab qo'ng'iroq qilibman o'zi.
Sendan uzr so'rash uchun barcha qilmishim uchun
Lekin har safar sim qoqsam uyda yo'qsan chog'i...
Salom senga tashqaridan
Har neysa senga urindimku aytmoqqa
Kechirgin meni deb, yuragingni sindirganim chun.
Lekin buning farqi yo'q, seni ortiq qiziqtirmas bu...
Oh ortiq
Oh ortiq
Oh ortiq
Ortiq qiziqtirmas
Salom deyman tarmoqning boshqa tarafidan,
Minglab marotaba qo'ngiroq qilgan bo'lsam ajabmas
Barcha qilmishlarim uchun kechirim so'ramoq uchun
Lekin har safar qo'ng'iroq qilsam sen bo'lmaysan uyda.
Salom senga tashqaridan
Har neysa senga urindimku aytmoqqa
Kechirgin meni deb, yuragingni sindirganim chun.
Lekin buning farqi yo'q, seni ortiq qiziqtirmas bu...
- Artist:Adele
- Album:25 (2015)