Sen bahorsan [Transliteration]
Sen bahorsan [Transliteration]
Bu jahonda koʻzlaringdek sim-siyoh charos yoʻq,
Gul erursan, gullar ichra senga hech taqqos yoʻq.
Koʻzlaring dil oʻynatur, soʻzlaring dil oʻynatur,
Yetti iqlimda seningdek yana bir dilnoz yoʻq.
Sen malaklardan malaksan, tingla, ey, gulchehra yor,
Senga oʻtli nisbatimda zarracha pardoz yoq.
Bu jahonda koʻzlaringdek sim-siyoh charos yoʻq,
Gul erursan, gullar ichra senga hech taqqos yoʻq.
Sen bahorsan, barcha dilni urdurursan barq va lek
Bizga qahri qahraton bor, voh, nechunkim yoz yoʻq.
Qay kuni lutfi karamlar, va`dalar qilding va lek
Koʻzlaring aytardi hay-hay, bu kalomda rost yoʻq.
Bu jahonda koʻzlaringdek sim-siyoh charos yoʻq,
Gul erursan, gullar ichra senga hech taqqos yoʻq.
- Artist:Ozodbek Nazarbekov
See more