Qalbim bahori [English translation]
Qalbim bahori [English translation]
Naqarot:
«Qalbim bahori – o‘zing,
Chashmim xumori – o‘zing,
Jon-jonimdagi yurakkinam
Chin yori – o‘zing!»
«Qalbim bahori – o‘zing,
Chashmim xumori – o‘zing,
Dil-dilimdagi yurakkinam
Dildori – o‘zing!»
«Oydan-da oydin,
Oylardayin to‘lsang-a,
Jonim desamu,
O, jonimda bo‘lsang-a!»
«Jonimsanu jonim
Ko‘zingga qurbon-ey,
Dardi dilima
Faqat o‘zing darmon-ey!»
«Ey! Jonimsanu jonim
Ko‘zingga qurbon-ey»,
«Dardi dilima
Faqat o‘zing darmon-ey!»
Naqarot: ....
«Shaydoying – o‘zim,
Ado bo‘laman, jonim.
Kechib jonimdan,
Fido bo‘laman, jonim!»
«Shaydoyim – o‘zing,
Adoyimsan yo‘limda,
Ishqim yondirib,
Jonu diling qo‘limda!»
«Shaydoyim – o‘zing,
Adoyimsan yo‘limda,
Ishqim yondirib,
Jonu diling qo‘limda!»
Naqarot: ....
«Yurak-yurakda
Muhabbatim,jonim, ayon.
Qalbim yonaru
Etolmayman dardim bayon.»
«Yurak-yuraging
Yondiradi dard begumon.
Ishq otashidan
Topilmaydi axir omon.»
«Yurak-yuragim
Yondiradi dard begumon.»
« Ishq otashidan
Topilmaydi axir omon.»
Naqarot: ...
- Artist:Farhod va Shirin