Zirapcha lyrics

Songs   2024-10-05 12:03:23

Zirapcha lyrics

O`tib borar umrim lahzasi,

Ortga boqsam, xatolar qancha?

Aytgim kelar qalbim qissasi,

Ichimdagi dardsan “Zirapcha”.

Nozik qalbim mehr istaydi,

Qilmishlardan afsuslar bisyor.

Zirapchalar mendan ketsaydi –

Yolvoraman takror va takror.

Uyg`ongin sen yangi tong uzra,

Yangi orzu, porloq ko`z bilan.

Tikonlardan o`zingni asra,

Hayotga boq yorug` yuz bilan.

Ifor bermas gulsan “Zirapcha”,

Olov emas, kulsan “Zirapcha”.

O`z-o`ziga ozor beruvchi

Baxtga qarshi yo`lsan “Zirapcha”.

Ey, Zirapcha…

Imkon berar taqdir o`zingga,

Etmagin sen qalbingni parcha.

Fursat kelar, qaytar baxt senga,

Ozod bo`lay desang, “Zirapcha”.

Ishongin sen yangi kuningga,

Har kimda bor armonlar qancha.

O`ksinma sen, qaytma ortingga,

Har dilda bor pinhon “Zirapcha”

Uyg`ongin sen yangi tong uzra,

Yangi orzu, porloq ko`z bilan.

Tikonlardan o`zingni asra,

Hayotga boq yorug` yuz bilan.

Ifor bermas gulsan “Zirapcha”,

Olov emas, kulsan “Zirapcha”.

O`z-o`ziga ozor beruvchi

Baxtga qarshi yo`lsan “Zirapcha”. (x2)

Ey, Zirapcha...

See more
Nilufar Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.facebook.com/NilufarUsmonovaOfficial
  • Wiki:
Nilufar Usmonova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved