Aybim - sevganim lyrics
Aybim - sevganim lyrics
Oradan o‘tmoqda yillar,
Dil seni sog‘inib yig‘lar,
Qaytmasligingni bilsam ham,
Sening tomon boshlaydi yo‘llar.
Afsuslarga boshim egmay,
Sevishda davom etaman,
Taqdirimiz boshqa, boshqa.
Sevgim olib olis ketaman.
Aybim – sevganim,
Aybdor – faqat men.
Sen bo‘lmasang ham yonimda,
Sevgimiz qalbimda yashar,
Taqdirimiz boshqa, boshqa,
Sevdim deb o‘ylab, sen adashding..
Balki sen kutgan baxtingni
Berolmagandurman senga,
Sog‘inganda ovunch uchun
Sening borliging yetar menga.
Aybim – sevganim,
Aybdor – faqat men.
- Artist:Nilufar Usmonova
See more