Armonli muhabbat lyrics

Songs   2024-07-04 09:28:50

Armonli muhabbat lyrics

Armon bo‘lgan muhabbatim

Yana qaytib kelarmikan?

Dilga sevgi jo bo‘lganda

Yana kurtak ocharmikan? (2x)

Qalbimda sevgi bordir,

Senga atab qo‘ygani.

Dilimda umid bordir,

Senga atab qo‘ygani. (2x)

Yoningda men yursam deyman,

Ko‘nglingni men olsam deyman,

O‘zga yorga boqmasdan hech,

Faqat menga boqsang deyman. (2x)

Kulmagin sen sevgimdan,

Sevgim chindir, sen ishon,

Qalbim tilib, sevgimdan

Foydalanma hech qachon. (2x)

Yolvoraman, rad etma

Sevgimni sen hech qachon!

O‘zgalarga sen boqma,

Qiynama meni, qiynama meni umrbod!

Qalbimda sevgi bordir,

Senga atab qo‘ygani.

Dilimda umid bordir,

Senga atab qo‘ygani.

Kulmagin sen sevgimdan,

Sevgim chindir, sen ishon,

Qalbim tilib, sevgimdan

Foydalanma hech qachon.

See more
Nilufar Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.facebook.com/NilufarUsmonovaOfficial
  • Wiki:
Nilufar Usmonova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved