Kel Ikkimiz lyrics

Songs   2024-10-05 12:47:37

Kel Ikkimiz lyrics

Mag‘rur boshim egib, ko‘ksinga bosib

Qaynoq labing ila asta o‘pasan

Ko‘zlarimga jovdirab uzoq termulib

Qo‘llarimdan qo‘ling uzib ketasan

Buncha shoshilmasang hijron bog‘ingga

Axir anda gul emas tikan terasan

Shuncha jabr yetmasmi yoshlik chog‘ingga

Nahot keksayganda ham yig‘lab o‘tasan

(Naqarot) 2x

Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz

Sevgimiz baxtidan doston bitaylik

Sevgimiz (ishqimiz) tillarda afsona bo‘lib

Sevishganlar yo‘liga bir nur tutaylik

Ranjisa-da o‘n yillik azobdan yurak

Urib turar chunki unda bor tilak

Boshqasi istakmas bir sendan bo‘lak

Bizlarga-sen, sen begim kerak

Istagim qalbingda tanho gul bo‘lay

Ishqingda yonib bir umr kul bo‘lay

Masxara aylatma ul zag‘chalarga

Bog‘ingda sayragan bir bulbul bo‘lay

(Naqarot) 2x

Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz

Sevgimiz baxtidan doston bitaylik

Ishqimiz tillarda afsona bo‘lib

Sevishganlar yo‘liga bir nur tutaylik

Nafratlanib ketaman goho o‘zimdan

Charchadim yosh artib qaro ko‘zimdan

Lek seni sevaman, seni sevaman

Shunga hech tushmaysan qo‘shiq so‘zimdan

Roziman ustimdan xo‘p hamma kulsin

Kimlardir sabrimdan, axtimdan kulsin

Olam kulsin, dushman kulsin, ul yorlar kulsin

Men-chi baxtga to‘lay, bizni Alloh qo‘llasin

(Naqarot) 2x

Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz

Sevgimiz baxtidan doston bitaylik

Sevgimiz (ishqimiz) tillarda afsona bo‘lib

Sevishganlar yo‘liga bir nur tutaylik

Kel...

See more
Nilufar Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.facebook.com/NilufarUsmonovaOfficial
  • Wiki:
Nilufar Usmonova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved