Eslamading lyrics

  2024-10-06 03:27:21

Eslamading lyrics

Tunlar qorong`u xonam yoritadi oy,

Go`yo dardlarim tushunganday hoyna-hoy

Meni ovutadi, tunlarim o`tadi.

Kunlarim seni bir bor qaytishing istar,

Seni so`gindim, degan so`zlaring qo`msab,

Qalbim og`rinadi, shunday kun o`tadi.

Sog`inganingda meni osmonga qara,

Qanchalar sog`inganimni undan so`ra,

Sen bir bor eslaysanmi meni hech?

Sening orzularingda afsus men emas,

Men sevgan ko`zlaringda sevgi ko`rinmas,

Men hamon yasharman seni deb.

Telbalarcha sevdim shunchaki,

Sendan ham shuni kutdim balki.

Seni deb o`zimni unutib,

Zahirangda qoldimmi yoki?

Ayrilamizmi shunday?

Farqi yo`qmi senga, ayt?

Bir bor eslamading,

Talab-talabin yuragingni yoki sezmading.

Telbalarcha sevdim shunchaki,

Sendan ham shuni kutdim balki.

Seni deb o`zimni unutib,

Zahirangda qoldimmi yoki?

Nahot shunday ayrilamiz,

Oson yengilaveramiz?

Sevgimiz anglamay,

Talab-talabin yuragimiz aslo o`ylamay.

Qadam-qadam tobora yuragimda dard,

Negadir xayollarim bo`ysunmay, faqat

Seni sog`inadi, senga talpinadi.

O`tar kunlarim, lekin halovatim yo`q,

Yo`llari berk ko`chada qolganday biroq,

Qalbim og`rinadi, dard meni qiynaydi.

Sog`inganingda yana osmonga qara,

Yashayman har kuni undan seni so`rab,

Sog`indim, yetar, qiynama meni.

Sendan olisligimga yurak chidolmas,

Sensiz kunlarimga hech ham ko`na olmas,

Sevaman, yetar sinama meni.

Vaqtida tushunmadik, sevgi bo`ldi dard,

Ikkimiz qiynaydimi endi to abad?

Nahot oson so`nib ketar bu sevgimiz,

O`ngga chapga bo`linar bu yo`llarimiz.

Bir-birimiz uchun yaralganmiz axir,

Sensiz o`tgan kunlarim qara, qanchalar og`ir.

Qo`msayman birma-bir, sevasanku axir,

Kutarman go`yo qaytarsan hozir.

Telbalarcha sevdim shunchaki,

Sendan ham shuni kutdim balki,

Seni deb o`zimni unutdim,

Zahirangda qoldimmi yoki?

Ayrilamizmi shunday?

Farqi yo`qmi senga, ayt?

Bir bor eslamading,

Talab-talabin yuragingni yoki sezmading.

Telbalarcha sevdim shunchaki,

Sendan ham shuni kutdim balki,

Seni deb o`zimni unutib,

Zahirangda qoldimmi yoki?

Nahot shunday ayrilamiz,

Oson yengilaveramiz?

Sevgimiz anglamay,

Talab-talabin yuragimiz aslo o`ylamay.

Tunlar qorong`u xonam yoritadi oy…

See more
Benom more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Benom Lyrics more
Excellent recommendation
Popular
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved