Bir kuning baxsh et [Turkish translation]

Songs   2024-07-07 01:31:30

Bir kuning baxsh et [Turkish translation]

Achinmayman seni sevib o‘tgan kunimga,

Achinmayman sen deb bedor bo‘lgan tunimga,

Sen meniki bo‘lmasang ham, qolgan umrimda

Asragayman sevging ko‘mib abgor dilimda.

Nima bo‘lsa bo‘lib erta kun hayotimda,

Sevging uchun yashay bugun muhabbatim-la.

Seni hech kim sevmaganday seva oldim men,

Lek adashgan baxtim bo‘lding xiyonating-la!

Buguning baxsh et tonglar otguncha ertaga,

Bir kuning baxsh et kunlar botguncha ertaga,

Jonim, meni sev, nima bo‘lsa bo‘lib o‘tar,

Yuragimga dardlar solar ertaga. (2x)

Sen deb sochilgan mehrim berib ketmasam ham,

Sen deb ochilgan qalbim uzib ketmasam ham,

Sendan o‘zgani yana sevib ketmasam ham,

Taqdiring buyurganga berib ketaman.

Buguning baxsh et tonglar otguncha ertaga,

Bir kuning baxsh et kunlar botguncha ertaga,

Jonim, meni sev, nima bo‘lsa bo‘lib o‘tar,

Yuragimga dardlar solar ertaga. (2x)

See more
Nilufar Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.facebook.com/NilufarUsmonovaOfficial
  • Wiki:
Nilufar Usmonova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved