Hargiz [English translation]

Songs   2024-11-16 01:32:55

Hargiz [English translation]

Shu kun borgum, kut dediyu,

Kelmadi bevafo hargiz.

Va’da berib ming bora, lek

Qilmadi bir vafo hargiz.

O‘zi avval shaydo edi,

So‘ngra o‘tga tashlab ketib,

Ming dardga giriftor etib,

Bilmaydi holimni hargiz.

Naqarot:

Hargiz, hargiz!

Kelmaydi bevafo hargiz!

Hargiz, hargiz!

Kelmadi bevafo hargiz!

Yurur doim shodu xurram,

Afsonadur man ne desam,

Sevgimga vafo tilasam,

Tugamadi jafo hargiz.

Naqarot: .....

Ishonaman sevadi deb,

Sevgim qaydan – biladi deb,

O‘zi izlab keladi deb,

Umid uzmam aslo hargiz.

Naqarot: ....

Shahzoda lol jamolidan,

Gul rashk etib kamolidan,

Berib xabar visolidan,

Esmadi bir sabo hargiz.

Hargiz, hargiz!

Esmadi bir sabo hargiz!

Hargiz, hargiz!

Kelmadi bevafo hargiz!

Hargiz, hargiz!

Bilmaydi holimni hargiz!

Hargiz, hargiz!

Kelmadi bevafo hargiz!

See more
Sardor Rahimxon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Tajik
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:
Sardor Rahimxon Lyrics more
Sardor Rahimxon Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved