Boshta havodur lyrics

  2024-07-01 09:06:41

Boshta havodur lyrics

Sochiyu qoshiyu ko’zidin boshta havodur,

Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

Qosh yosi bila ul qora ko’z g’amza o’qini

Ushshoqdin o’zga sorig’a otsa xatodur.

Gar chin desangiz, ko’zi oning ohui Chindur,

Xattini, xato qilmasangiz, mushki Xitodur.

Sochiyu qoshiyu ko’zidin boshta havodur,

Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

Evrulsam oning boshig’a, topshursam onga jon,

Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.

Ishq ichra yoshurg’on yurakim qonini, vahkim,

Bu seli sirishkim bori olamg’a yoyodur.

Bobur desa oyini, ne tong, javru jafoliq —

Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur.

Sochiyu qoshiyu ko’zidin boshta havodur,

Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

See more
Ozodbek Nazarbekov more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Kazakh
  • Genre:Folk
  • Official site:
  • Wiki:
Ozodbek Nazarbekov Lyrics more
Excellent recommendation
Popular
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved