Qaytar Dunyo [Transliteration]

Songs   2024-10-04 21:31:57

Qaytar Dunyo [Transliteration]

Uzun-qisqa hikoya aytar dunyo deydilar,

Unutma do’st, hamsoya, qaytar dunyo deydilar.

Vafodor vafo topgay, jafokor jafo topgay,

Kim do’st ildizin chopgay, pushaymonlar yeydilar.

Vafodor vafo topgay, jafokor jafo topgay,

Kim do’st ildizin chopgay, pushaymonlar yeydilar,

Qaytar dunyo deydilar.

O’zga sirin qilar fosh, g’iybatchi bedil, bebosh, {x2}

O’zlariga tegsa tosh, tillarini tiydilar,

Qaytar dunyo deydilar.

Ota qaddin bukkanlar, ona yoshin to’kkanlar,

O’lmay kafan tikkanlar, o’z umrini qiydilar.

Padar qaddin bukkanlar, ona yoshin to’kkanlar,

O’lmay kafan tikkanlar, o’z umrini qiydilar,

Qaytar dunyo deydilar.

Aldab yori yorini, toptab nomus-orini,

Bilmayin bir birining ko’zlarini o’ydilar.

Otar quyosh, oylar ham, quriydi shox, soylar ham,

Manman degan boylar ham, juldur libos kiydilar.

O’z so’zini baribir aytar dunyo deydilar,

Qilma hech kimga jabr, qaytar dunyo deydilar.

Kulma birov holiga, nochorning ahvoliga,

Qolma dil uvoliga, dilozorlar kuydilar.

Qaytar dunyo deydilar, (qaytar dunyo deydilar)

Qaytar dunyo deydilar.

Uzun-qisqa hikoya aytar dunyo deydilar,

Unutma do’st hamsoya, qaytar dunyo deydilar.



See more
Ulug'bek Rahmatullayev more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:https://ru.wikipedia.org/wiki/Рахматуллаев,_Улугбек_Ибрагимович
Ulug'bek Rahmatullayev Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Featuring Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved