Onajonin Diydariga T'oy lyrics

Songs   2024-10-04 21:22:15

Onajonin Diydariga T'oy lyrics

Xayol surma, o’ylanishni qo’y,

Qiynamasin seni turfa o’y,

Agar hayot bo’lsalar, do’stim,

Onajoning diydoriga to’y.

Agar hayot bo’lsalar, do’stim,

Onajoning diydoriga to’y.

Ro’mol olib bergin boshiga,

Holin so’ra kelib qoshiga.

Sabab bo’lma ko’zin yoshiga,

Onajoning diydoriga to’y.

Sabab bo’lma ko’zin yoshiga,

Onajoning diydoriga to’y.

Yuzlaridan o’p, ko’zlaridan o’p,

O’zimning onajonim, deb erkala.

Yuzlaridan o’p, qo’llaridan o’p,

Poyiga yuzlaringni qo’y,

Onajoning diydoriga to’y.

Xizmatiga kamarbasta bo’l,

Duo qilsin seni ochib qo’l.

Ishonaver, rizqing bo’lar mo’l,

Onajoning diydoriga to’y.

Tirikligi bilsang, zo’r ne’mat,

Har bir daqiqasi g’animat.

Davo bo’lgin chekkanida dard,

Onajoning diydoriga to’y. {x2}

Yuzlaridan o’p, ko’zlaridan o’p,

O’zimning onajonim, deb erkala.

Yuzlaridan o’p, qo’llaridan o’p,

Poyiga yuzlaringni bo’y

Hey, onajoning diydoriga to’y. (x2)

Mehriboning diydoriga to’y.

See more
Ulug'bek Rahmatullayev more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:https://ru.wikipedia.org/wiki/Рахматуллаев,_Улугбек_Ибрагимович
Ulug'bek Rahmatullayev Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Featuring Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved