Netayin lyrics

Songs   2024-12-28 01:44:35

Netayin lyrics

Yoq, endi bu qora koʻzlaringni

Men boshqa koʻra olmasman, jonim.

Kechir meni, sening qollaring endi hech qachon

Erkalay olmaydi meni.

Netayin, jonim, orzularim osmon edi,

Netayin, jonim, bizga vafo qilmadi sevgi.

Netayin, senga azobdan oʻzgani qoldirmadim,

Kechirgin, yuragingni yoshladim.

Netayin, jonim, bilaman senga ogʻir boʻldi,

Netayin, jonim, endi umrimiz shundoq oʻtar.

Netayin, taqdir changalidan qochib ketolmadim,

Netayin, bu dodlarim etmadi.

Yoq, endi bu qora koʻzlaringni

Men boshqa koʻra olmasman, jonim.

Kechir meni, sening qoʻllaring endi hech qachon

Erkalay olmaydi meni.

Bu hayotim men seni baxtiyor koʻrsam deyman.

Netayin, jonim, sogʻinchlarim enga olmasman,

Netayin, jonim, yoningga ham bora olmasman.

Netayin, oʻzimda emas ixtiyorim mening,

Netayin, bardoshlarim qolmadi.

Yoq, endi bu qora koʻzlaringni

Men boshqa koʻra olmasman, jonim.

Kechir meni, sening qoʻllaring endi hech qachon

Erkalay olmaydi meni.

Bu hayotim men seni baxtiyor koʻrsam deyman.

Baxt, baxt, yana qanday baxt?

Hayolimga keltirmasman sensiz hayotni,

Balki, bera olmasman senga boylik, taxt?

Hayot shumi? Taqdir shumi? Qani haqiqat?

Bagʻishladim senga hayotimni,

Vujudim, borligimni, yuragimni.

Bilar eding-ku sen uchun yashashimni,

Balki, chiday olarman koʻrmasam buni.

Qani ojiz boʻlib qolsa koʻzlarim mening.

Yoq, endi bu qora koʻzlaringni

Men boshqa koʻra olmasman, jonim.

Kechir meni, sening qoʻllaring endi hech qachon

Erkalay olmaydi meni.

Bu hayotim men seni baxtiyor koʻrsam deyman.

See more
Lola Yuldasheva more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Turkish
  • Genre:Pop
  • Official site:http://lolayuldasheva.com/
  • Wiki:
Lola Yuldasheva Lyrics more
Lola Yuldasheva Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved