Asta lyrics

Songs   2024-09-18 21:35:03

Asta lyrics

Sog‘inib bu tun-kechada,

Hijron kechada bedorman.

Sevgining sarhadlarida,

Hasratlarida bemorman.

Sen ila har kun-kechada,

Vasling istab senga zorman.

Jonginam, yolg‘iz sen ila

Orzular shahriga mehmonman.

Asta, sen asta, bilinmay,

Aylandingmi hayotim ma’nosiga?

Xasta, qilma xasta dilimni,

Ojizdir bu yuragim sevging-la. (x2)

Xayolim sevgi fazosi,

Ishqning sadosi-la ucharman.

Samoda shodlik yo‘lini,

Baxtning qo‘lini qucharman.

Jonginam, bir zum ko‘rmasam,

Tinmay sog‘inib kutarman.

Seni orzularim shahriga

Muhabbat-la olib ketarman.

Asta, sen asta, bilinmay…

Xasta, qilma xasta dilimni…

Asta, sen asta, bilinmay,

Aylandingmi hayotim ma’nosiga?

Xasta, qilma xasta dilimni,

Ojizdir bu yuragim sevging-la. (x2)

Asta…

See more
Lola Yuldasheva more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Turkish
  • Genre:Pop
  • Official site:http://lolayuldasheva.com/
  • Wiki:
Lola Yuldasheva Lyrics more
Lola Yuldasheva Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved