İçimden Geldiği Gibi [Uzbek translation]
İçimden Geldiği Gibi [Uzbek translation]
Sen
Men oʻtinmaguncha
Hech narsa qilmaysan,
Biror maktub yozib
Joʻnatmaysan…
Agarchi
Tun yarmida
Jaranglasa telefonlarim,
Seni yanada koʻp sevardim.
Bilasanmi,
Sen men oʻtinmaguncha
Hech narsa qilmaysan…
Sen men kabi xatlar yozishing kerak,
Sen men kabi qoʻngʻiroq qilishing kerak,
Bir yoning doimo yorti boʻlsinu
Ul yoningni men ila butunlashing kerak –
Men sevgidan tushunganim shu.
Sen men oʻtinmaguncha hech narsa qilmaysan…
Kecha tun necha bor jarangladi telefonlaring –
Yo sen yoʻq eding, yo uxlagansan…
Farqi yoʻq, tushunasanmi,
Sen
Men oʻtinmaguncha
Hech narsa
Qilmaysan…
- Artist:Kayahan
See more