Gönül Ferman Dinlemiyor [Uzbek translation]
Gönül Ferman Dinlemiyor [Uzbek translation]
Yurtma-kurt kezdim men
Yo'llarda yiqildim dardingdan
Har chechakda ko'rdim seni
Qora tuproq, ber yorimni!
Yoza-yoza bitdi qalam
Bir kun albat to'lar kosam
Men bu yo'lga qurbon bo'lay
Qora tuproq, ber yorimni!
Ko'ngil farmon tinglamaydi, bu ayriliq juda azob!
Ko'ngil farmon tinglamaydi, bormi buning bir davosi?
Qaytib ber, qaytib ber, qora tuproq, ber yorimni!
Bir tong tasodifan qo'limdan olganing kabi
Bir kun bo'lar davron qaytar
Vaqti kelar, yo'llar bitar
Boy-u faqir bari o'tar
Qora tuproq, ber yorimni!
Telba ko'ngil jo'shdi, toshar
Dardimga chidamas tog'lar
Kelgan yig'lar, ketgan yig'lar
Qora tuproq, ber yorimni!
Ko'ngil farmon tinglamaydi, bu ayriliq juda azob!
Ko'ngil farmon tinglamaydi, bormi buning bir davosi?
Qaytib ber, qaytib ber, qora tuproq, ber yorimni!
Qara, bu dunyoning holiga
Ko'ngil qo'yma dunyoning moliga
Rozi bo'ldim xayolingga
Qora tuproq, ber yorimni
Kimni olar, kimni sotar
Hammasi yonma-yon yotar
Tinchlik dardingga dard qo'shar
Qora tuproq, ber yorimni!
Ko'ngil farmon tinglamaydi, bu ayriliq juda azob!
Ko'ngil farmon tinglamaydi, bormi buning bir davosi?
Qaytib ber, qaytib ber, qora tuproq, ber yorimni!
- Artist:Barış Manço
- Album:Ful Aksesuar'88 Manço: Sahibinden İhtiyaçtan