Ayol [Russian translation]

Songs   2024-07-05 09:54:24

Ayol [Russian translation]

Jannatni bag'riga yashirgan gulim,

Do'zaxda tillari kuymas bulbulim,

Bolasin quchganda, chekingan o'lim,

Dunyo nafas olgan havosan, ayol.

Yolg'onlar to'qishar, butun chiqasan,

Haq so'zdan goh bag'ri tutun chiqasan,

Jannatidan goho o' tin chiqasan,

Dunyo ichra o'zing dunyosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Zaminga nur qo'ygan samosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Dunyo nafas olgan havosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Dunyo nafas olgan havosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Zaminga nur qo'ygan samosan, ayol.

Ko'zing qonin ichib, sarhush kularlar,

Kularlar ustingdan, to'yib kularlar,

So'ngra tizzangga bosh qo'yib o'larlar.

Ne tilsimsan, balki, ro'yosan, ayol

Ko'zing qonin ichib, sarhush kularlar,

Kularlar ustingdan, to'yib kularlar,

So'ngra tizzangga bosh qo'yib o'larlar.

Ne tilsimsan, balki, ro'yosan, ayol

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Zaminga nur qo'ygan samosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Har kim kuylay olmas navosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Har kim kuylay olmas navosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Har kim kuylay olmas navosan, ayol.

Xush, noxush erkagin mard deb bilagnim,

Amrin ko'ziga surib, shart deb bilganim,

Niholini, yuksak daraxt bilganim.

Dunyo nafas olgan havosan, ayol

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Har kim kuylay olmas navosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol.

Zaminga nur qo'ygan samosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Dunyo nafas olgan havosan, ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,

Har kim kuylay olmas navosan, ayol.

See more
Yulduz Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.yulduz.uz/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Yulduz_Usmonova
Yulduz Usmonova Lyrics more
Yulduz Usmonova Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved