Sevaman [Transliteration]

Songs   2024-11-26 12:56:26

Sevaman [Transliteration]

Necha bor sevmayman deb men oʻzimga,

Shuncha bor adashdim boqib koʻzingga.

Yana sen, yana sening vasling aqlu xayolimda,

Sen oʻchmas, yagona mavzuyimsan umrimda.

Shoirlikda yoqdir ma`no, aniqdir yozganlarim,

Oddiyroqdir qoʻshigʻim ham, balki yoqmaydi.

Tasvirlashga soʻzim yoʻq,

Baholashga oʻrin yoʻq,

Orzu qilsam umid yoʻq –

Oʻzgarmasa hech narsa…

Sevaman…

Bu yetmaydi, bilaman.

Sevaman…

Ishonmaysan, bilaman.

Yodimda soʻnggi qilgan xatolarim,

Sevgi yoʻq, ishonmanglar deganlarim.

Endichi, tanirmi bu ahvolda meni doʻstlarim,

Tushunar yoki kularmikinlar, bilmadim.

Goʻyoki zanjirband qalbim endi sening mehringga,

Koʻrinmas kishanlar solganman chin sevgingga.

Ta`riflashga oʻrin yoʻq,

Baholashga sovrin yoʻq,

Bundan oʻzga chora yoʻq –

Oʻzgarmasa hech narsa…

Sevaman…

Bu yetmaydi, bilaman.

Sevaman…

Ishonmaysan, bilaman.

Nahot menmas, kimdir oʻzga

Asalim deb seni erkalasa?

Alamdaman, sen befarqsan,

Kim bilansan?..

Sevaman…

Bu yetmaydi, bilaman.

Sevaman…

Ishonmaysan, bilaman. (3x)

See more
Bolalar more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Bolalar
Bolalar Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved