Kel, yashaylik biz birga [English translation]

Songs   2024-10-05 00:23:52

Kel, yashaylik biz birga [English translation]

Agar menga bo‘lgan sevging chin bo‘lsa,

Agar tanlaganing, jonim, men bo‘lsam,

Uzat ul qo‘ling menga, sevgim timsoli -

Uzuk taqay unga bir umrga.

Kel, yashaylik biz birga,

Bizning ertagimizda,

Do'stu dushman ichida

Ikkimiz oxirgacha.

Eng so‘nggi nafasgacha,

To o‘lim ajratguncha,

Yaxshi yomon kunimda

Bo‘lasanmi yonimda?

Hammadan go‘zalsan sen oq libosda,

Hayajonda dugonalar havasda,

Ayt, bu tushmi yo o‘ngim,

Nahot senga erishdim!

Mening baxtim,

Men ahd qildim.

Kel, yashaylik biz birga,

Bizning ertagimizda,

Do'stu dushman ichida

Ikkimiz oxirgacha.

Eng so‘nggi nafasgacha,

To o‘lim ajratguncha,

Yaxshi yomon kunimda

Bo‘lasanmi yonimda? (2x)

See more
Bolalar more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Bolalar
Bolalar Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved