Dunyoni bering bolajonlarga lyrics
Dunyoni bering bolajonlarga lyrics
Nimani koʻrgandi dunyoga kelib?
Koʻrgani zorligu, daryo kabi qon. (x2)
Bolam, degim keldi koʻnglim ezilib, {x2}
Yoʻrgagi kafanlik boʻlgan bolajon.
Jangohga aylandi bu kun diyoring,
Qismating koʻz yoshmi, taqdirmi, alam? (x2)
Balki qoʻgʻirchogʻing kutar diydoring, {x2}
Qoʻgʻirchogʻidan ham umri oz bolam.
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yigʻiga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)
Qoʻlingga qurolmas, koʻp oʻyinchoqlar
Yarashar edi-ku murgʻakkina jon. (x2)
Seni zor etganlar tortadi ohlar, {x2}
Bir kuni uvoling tutar, bolajon.
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yigʻiga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)
Onangni topolmay sarson-u sargardon,
Munchoq koʻzlaringdan tomchilaydi yosh.
Ohingdan titraydi zamin-u zamon,
Senga oy onadir, otadir quyosh.
- Artist:Sardor Rahimxon