Biliyorsun [Uzbek translation]

Songs   2024-05-05 16:51:01

Biliyorsun [Uzbek translation]

Hayot ba'zan shu qadar insofsizki,

Kichik bir xatoyingda ham yoqangdan tutar

His ettirmay eng zaif oningda

Seni ayni yuragingdan yaralar.

Qo'llaring bog'langaniga qaramay

Boshingda to'fonlar ko'pirishiga qaramay

Sen butun kuching bilan qarshi tursang-da

Seni shafqatsiz ishq girdobiga uloqtirar.

Sen ham mendayin haqiqatlarni ko'rmoqdasan

Birga bo'lolmasligimizni men kabi bilmoqdasan

Boshqa bir dunyoning vakilisan, yorijonim,

Sen o'z olaming tuprog'ida o'smoqdasan.

Haqlisan, biroz kech uchrashdik

Shunga qaramay, so'zlashmasdan anglashdik

Ba'zi so'zlar borki, so'ylanmaydi

Biz sen-la so'zlarni sukunatda so'zlashdik.

Inson tashvishlardan qiynalsa-da

Va u ishqdan qayta tug'ilsa-da

Dunyosini yangidan qursa-da

Xayollar haqiqatlardan ayri-ayri yashar.

Sen ham mendayin haqiqatlarni ko'rmoqdasan

Birga bo'lolmasligimizni men kabi bilmoqdasan

Boshqa bir dunyoning vakilisan, yorijonim,

Sen o'z olaming tuprog'ida o'smoqdasan...

See more
Sezen Aksu more
  • country:Turkey
  • Languages:Turkish, Kurdish (Kurmanji)
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.sezenaksu.com.tr/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Sezen_Aksu
Sezen Aksu Lyrics more
Sezen Aksu Featuring Lyrics more
Sezen Aksu Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved