To'ylar Muborak [Transliteration]

Songs   2024-10-05 21:27:47

To'ylar Muborak [Transliteration]

Mehmonlar qalay, yaxshi o’tiribsizlarmi?

Tinchmi, sog’liklar yaxshimi,

Kamchiliklar yo’qmi?

Hammasi yaxshi, yetarli.

Kamchiliklar bo’lsa,

Ha endi to’ychilikda, to’ychilik.

Yaxshi niyatda to’ylar qildik,

Mehmon bo’ldi ko’pchilik.

Yor-yor, yoroney,

Yor-yoringdan o’rgilay.

Kostyum-shimlar modniy-modniy,

Bo’ylaringdan o’rgilay.

Yor-yor, yoroney,

To’ylar bo’lsin muborak.

Qistir-qistir shart emas,

To’ylar bo’lsin chiroyli.

Yor-yorey,

To’ylaringiz bo’lsin muborak,

Kostyum-shimlar modniy-modniy,

Bo’ylaringdan o’rgilay.

Yor-yorey,

Modniy kostyum-shimlar muborak,

Dang’ir-dung’ir to’ylar qilgan

O’zbegimdan o’rgilay.

Kuyov bola, qalay?

Tabriklaymiz, Xudo quvvat bersin.

Fayzu-barakali bo’lsin,

Uvali-juvali.

Qani sozanda, xonanda, karnay-surnay,

Sho’xidan o’ynab chal,

Xay, qani ikki yosh baxti uchun

Hamma davrada, o’ynamagan kal.

Yor-yor, yoroney,

Yor-yoringdan o’rgilay.

Kostyum-shimlar modniy-modniy,

Bo’ylaringdan o’rgilay.

Yor-yor, yoroney,

To’ylar bo’lsin muborak.

Qistir-qistir shart emas,

To’ylar bo’lsin chiroyli.

Yor-yorey,

To’ylaringiz bo’lsin muborak,

Kostyum-shimlar modniy-modniy,

Bo’ylaringdan o’rgilay.

Yor-yorey,

Modniy kostyum-shimlar muborak,

Dang’ir-dung’ir to’ylar qilgan

O’zbegimdan o’rgilay.

(Qani hamma davrada o’ynasin,

Yangrar “To’ylar muborak”,

To’y-to’ylar muborak,

To’y, to’y-to’ylar muborak.

Kostyum-shimli sho’x bolalar,

To’ylar bo’lsin muborak.

Xey muborak, muborak,

To’ylar bo’lsin muborak.)

Yor-yor, yoroney,

Yor-yoringdan o’rgilay.

Kostyum-shimlar modniy-modniy,

Bo’ylaringdan o’rgilay.

Yor-yor, yoroney,

To’ylar bo’lsin muborak.

Qistir-qistir shart emas,

To’ylar bo’lsin chiroyli.

Yor-yorey,

To’ylaringiz bo’lsin muborak,

Kostyum-shimlar modniy-modniy,

Bo’ylaringdan o’rgilay.

Yor-yorey,

Modniy kostyum-shimlar muborak,

Dang’ir-dung’ir to’ylar qilgan

O’zbegimdan o’rgilay.

See more
Bojalar more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uzbek dialects
  • Genre:Pop-Folk, Pop
  • Official site:
  • Wiki:https://uz.wikipedia.org/wiki/Bojalar_(guruh)
Bojalar Lyrics more
Bojalar Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved