Sarson [Arabic translation]
Sarson [Arabic translation]
Meni kuchliroq sev kechagidan ham,
Keragidan ortiq kechagidan ko'p.
Kecha qolmas edi yuragimda g'am
Kecha sevardingda keragidan ko'p.
Atrofingda men sarson,
Chiroylisan hammadan.
Aytgin sen menga qachon,
'Sevaman' deb aytsan?
Zir yugurgan ortingda
Shahzodalar juda ko'p,
Kel o'shalar oldida,
Men g'aribni bitta o'p .
Atrofingda men sarson,
Chiroylisan hammadan.
Aytgin sen menga qachon,
Sevaman deb aytasan?
Qoq ikki bo'linib ketmasin falak ,
Goh ikki bo'linib bo'zlamasin oy .
Faqat seni deya uradi yurak ,
Faqat sen uchundir ko'ksimdagi joy .
Meni kuchliroq sev .
Poyingda ming yolvorib,
Ishqim qildimku izxor ,
Sen ham bir bor dil yorib
Sevaman deb ayt dildor! .
Zir yugurgan ortingda
Shahzodalar juda ko'p,
Kel o'shalar oldida,
Men g'aribni bitta o'p .
Oshiqlaring qasdlashgan sira chidab bo'lmaydi .
Sevaman deb aytmasang o'ksik dilim to'lmaydi.
Husning ortar tobora dod deyarman hayratdan,
Aytgin qachon bir bora sevaman deb aytasan .
- Artist:Ozodbek Nazarbekov