Ro'molim [Transliteration]
Ro'molim [Transliteration]
Daryolarning bo‘ylarida bir tup chinor-da,
Bir tup chinor taglarida ko‘zi xumor-da,
Ko‘zi xumor, ko‘zlariga ko‘zlar tegmasin,
Ko‘zmunchog‘im taqib qo‘yay, bo‘lsin tumor-da.
Daryolarning sohilida qoldi ro‘molim,
Ro‘molimning ucharida jonu jahonim,
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yo‘llaringiz chaqir ekan, tildi tovonim.
Daryolarning nur yuzida uchar o‘rdaklar,
Bir birovin quvalashib, suzar o‘rdaklar,
Bu kun sizni ko‘rmasam devonadirman,
Qadim-qadim qo‘rg‘onidan ko‘char yuraklar
Daryo tilin jimirlatgan tog‘larning qori,
Yigitni ham, suluvni ham o‘ldirur ori,
Ori yo‘qqa oshno bo‘lib, ordan ayrildim,
Bunchalar ham dushvor ekan dunyoning kori
- Artist:Dildora Niyozova
See more