Qoʻllarim rulda [Transliteration]

Songs   2025-12-06 02:52:50

Qoʻllarim rulda [Transliteration]

Chorrahaning oʻrtasidaman,

Chapga yuraymi, oʻngga yuraymi?

Dugonajon, aytgin qaydasan?

Kelasanmi yo oʻzim boraymi?

Qoʻllarim rulda, rulda, rulda,

Koʻzlarim yoʻlda, yoʻlda, yoʻlda.

Yor kimni oʻylar, bilmadim, ammo

Mening xayolim unda, unda,

Mening xayolim unda, unda.

Qoʻllarim rulda...

Bilmadim, ammo...

Almashadi bekatlar qator,

Koʻchalarda kezaman bedor.

Yashil chiroq yonaqol endi,

Yor kutadi meni intizor, zor, zor, zor.

Qoʻllarim rulda, rulda, rulda,

Koʻzlarim yoʻlda, yoʻlda, yoʻlda.

Yor kimni oʻylar, bilmadim, ammo

Mening xayolim unda, unda,

Mening xayolim unda, unda.

Shahar buncha maftunkor, goʻzal,

Yogʻdu sochar, xayoling olar.

Umrimizning uzun yoʻlida

Kim kuzatar, kim kutib olar. (x2)

Qoʻllarim rulda, rulda, rulda,

Koʻzlarim yoʻlda, yoʻlda, yoʻlda.

Yor kimni oʻylar, bilmadim, ammo

Mening xayolim unda, unda,

Mening xayolim unda, unda.

Mening xayolim unda, unda...

See more
Shahrizoda more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uyghur, Chinese+2 more, English, Persian
  • Genre:Pop
  • Official site:http://shahrizoda-fan.net
  • Wiki:Http://muz.uz/index.php?do=music&act=view&mid=635
Shahrizoda Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2025 - www.lyricf.com All Rights Reserved