Orzuım lyrics

Songs   2024-07-07 07:07:16

Orzuım lyrics

Ushalgan pok orzuim mening,

Qalbingizga jim ketaman men.

Siz eng yorug‘ ko‘zguim mening,

Sevgim sizda aks etaman men.

Ko‘ngilda ishq, duoda qo‘llar,

Buncha so‘lim, oydin bu yo‘llar,

Rang talashsa chamanda gullar,

Bahor bilan bahs etaman men.

Qaylargadur shoshganingizda

Sog‘inch bo‘lar ko‘nglimga malham.

Bir lahzaga tark etsangiz ham

Asrga teng dard yutaman men.

Ming shukur, mehringiz bag‘rimda,

Hijron yo‘li bizdan narida,

Sog‘inchingiz sahnalarida

Bir siz uchun raqs etaman men.

N a q o r a t:

Yog‘dularga niholday to‘lib,

Qalbingizda bahorday kulib,

Faqat sizning gulingiz,

Sizning gulingiz bo‘lib

Faqat sizga gul tutaman men.

Asalimiz va qandlarimiz,

Omon bo‘ling, dilbandlarimiz!

Sizdan aziz farzandlar

Aziz farzandlarimiz,

Ikkimizga baxt kutaman men.

Tugunlarni yecholmay qolsam,

Daryolarni kecholmay qolsam,

Yoki qushday ucholmay qolsam,

Qanotimsiz, shahdimsiz mening.

Qo‘lim dedim qo‘llaringizni,

Yo‘lim dedim yo‘llaringizni,

Alishmasman hech taxtga sizni,

Bebahoim, taxtimsiz mening.

Siz borsiz, qayg‘ular yiroqday,

Manzillar ham, yo‘llar ham oqday.

Ildiziga sodiq tuproqday

Bir umrlik ahdimsiz mening.

Muhabbatsiz ayanchli dunyo,

Oilamiz tog‘i tayanchi,

Siz bir umr mening suyanchim,

Hayotimsiz, baxtimsiz mening.

N a q a r o t: ...........

See more
Sevara Nazarkhan more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English
  • Genre:Opera
  • Official site:http://www.sevaramusic.com/
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Sevara_Nazarkhan
Sevara Nazarkhan Lyrics more
Sevara Nazarkhan Featuring Lyrics more
Sevara Nazarkhan Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved