Mening yorim Qo'qonda [Transliteration]
Mening yorim Qo'qonda [Transliteration]
Mani yorim Qo‘qonda,
Panjarali do‘konda. (2x)
Hali kelsa ko‘rasiz,
Qosh-qovog‘i muqomda.
Gul bargi shona-shona,
Qo‘limda angishvona,
Angishvona demanglar,
Sevgan yordan nishona.
U yoniga tashlab o‘yna,
Bu yoniga tashlab o‘yna,
Sumbul sochi jingalak,
Yonboshga tashlab o‘yna.
Olma bersam omaysan*,
Behi bersam yemaysan,
Qaysi boyning o‘g‘lisan-ey,
Aytkizvorsam kemaysan*.
Doirangning qasqoni,
Ipi bormi osgani,
Yoshligingda o‘ynab ol,
Yoring bormi to‘sgani?
U yoniga tashlab o‘yna,
Bu yoniga tashlab o‘yna,
Sumbul sochi jingalak,
Yonboshga tashlab o‘yna.
Mani yorim Qo‘qonda,
Panjarali do‘konda. (2x)
Hali kelsa ko‘rasiz,
Qosh-qovog‘i muqomda.
- Artist:Kaniza
See more