Men nechun yaraldim [Russian translation]
Men nechun yaraldim [Russian translation]
Ko‘zim ochig‘u ko‘ra olmayman,
Oyoqlarim butun, yura olmayman,
Qaddim raso, lekin tura olmayman –
Men nechun yaraldim, Ollohim?
Qayda qolar mening dodu fig‘onim?
Javobsiz qolg‘aymi tag‘in so‘rog‘im?
Dunyolarni yutar chanqoq qarog‘im,
Men nechun yaraldim, Ollohim?
Nechun?
Naqarot:
Bir jahonim, jonim yo‘q mening,
Bir oshig‘im, yorim yo‘q mening,
Bir xanjar ur, qonim yo‘q mening,
Men nechun yaraldim, Ollohim? (2x)
Mening hech kimim yo‘q Ollohdan boshqa,
Mening hech narsam yo‘q so'zimdan boshqa,
Bu yo‘lda ne qoldi bir toshdan boshqa,
Men nechun yaraldim, Ollohim?
Nechun?
Naqarot: ...............(2+2x)
- Artist:Rayhon
See more