Javob Ber lyrics

Songs   2024-10-05 20:54:57

Javob Ber lyrics

Ayt seni sevmadimmi, yuragim bermadimmi, javob ber?

Qadringga yetmadimmi yo baxtli etmadimmi, javob ber?

Ishonib yuragimni qo‘lingga tutmadimmi, javob ber?

Xatoyim seni sevib, umidvor kutganimmi, javob ber?

Xazonlar birma-bir qalbimni parchalar,

Armonlar tinmasdan bag‘rimga sanchilar.

Yolg‘onlar tubiga cho‘kkan dil bechora,

Yig‘lama, ishq o‘zi shafqatsiz, nachora?

Ayt seni sevmadimmi, yuragim bermadimmi, javob ber?

Qadringga yetmadimmi yo baxtli etmadimmi, javob ber?

Ishonib yuragimni qo‘lingga tutmadimmi, javob ber?

Xatoyim seni sevib, umidvor kutganimmi, javob ber?

Javobsiz savollar tilkalar bag‘rimni,

Yo‘qliging hanuzgacha sinar sabrimni.

Orzuying shu edimi aytgin yolg‘izim,

Tobora-tobora yiroqlarda orzuyim.

Ayt seni sevmadimmi, yuragim bermadimmi, javob ber?

Qadringga yetmadimmi yo baxtli etmadimmi, javob ber?

Ishonib yuragimni qo‘lingga tutmadimmi, javob ber?

Xatoyim seni sevib, umidvor kutganimmi, javob ber?

See more
Rayhon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.rayhon.uz
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Rayhon
Rayhon Lyrics more
Rayhon Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved