Bu Muhabbat lyrics

Songs   2025-12-05 18:13:55

Bu Muhabbat lyrics

Qani men oyga aylansaydim,

Tunlari termulib tursam…

Qaniydi tonglar uygʻonganda

Yonimda, yor, seni koʻrsam.

Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam,

Tanho sen yonimda boʻlsang.

Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam,

Doim boʻlsang…

Naqarot:

Bu muhabbat to abad

Yuragimda joylangan,

Bu muhabbatdir faqat,

U sening-la yaralgan.

Qaniydi sening koʻzlaringning

Kiprigi ostida tursam,

Atrofimdagi bu roʻyoni

Sening koʻzing bilan koʻrsam.

Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam,

Tanho men yoningda boʻlsam.

Bir koʻz yumsam, bir koʻz ochsam,

Doim boʻlsam…

Naqarot:

Bu muhabbat to abad

Yuragimda joylangan,

Bu muhabbatdir faqat,

U sening-la yaralgan.

Bu muhabbat… Bu muhabbat…

See more
Shahzoda (Uzbekistan) more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English, Tajik+3 more, Kazakh, Turkish, French
  • Genre:Pop
  • Official site:Http://Shahzoda.uz
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Shahzoda
Shahzoda (Uzbekistan) Lyrics more
Shahzoda (Uzbekistan) Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2025 - www.lyricf.com All Rights Reserved