Bir Jamoa [Turkish translation]
Bir Jamoa [Turkish translation]
[Lola Yuldasheva]
Shijoat chaqnar sening ko‘zingda,
Tuganmas ishonch bu yuragingda.
O‘zingga ishon, bu senga imkon,
Isming porlasin tarixingda.
[Benom guruhi]
Yagona yo‘l, yagona manzil,
Yoki hech qachon yoki hozir!
Qo‘rquvingni yut, sen bilan bu yurt,
Qo‘llaringni tut.
[Lola Yuldasheva va Benom guruhi]
Kel birlashaylik, bir bo‘laylik,
Sen bir o‘zingmassan.
Sen o‘zingga ishon, intil har on,
To‘siq ko‘rmasdan.
Barchasi qo‘lingda, kuch bilagingda,
Sening borligingda.
Biz sen bilan, sen – biz bilan
Bir oila, bir jamoa. {x2}
G‘olibsan, olg‘a qadam bos!
[Benom guruhi]
Kurashda hech kimdan kam joying yo‘q,
Bayrog‘imiz ko‘targin balandroq.
Sen yurtning faxrisan, buyuk yurt farzandisan,
Kelajak avlod izingdan yursin.
[Lola Yuldasheva]
Sen dovyurak, yengilmas jangchi,
Sening ortingda xalq ishonchi.
Qanotingni yoz, aylagin parvoz,
Qo‘llaringni cho‘z.
[Lola Yuldasheva va Benom guruhi]
Kel birlashaylik, bir bo‘laylik,
Sen bir o‘zingmassan.
Sen o‘zingga ishon, intil har on,
To‘siq ko‘rmasdan.
Barchasi qo‘lingda, kuch bilagingda,
Sening borligingda.
Biz sen bilan, sen – biz bilan
Bir oila, bir jamoa. {x2}
G‘olibsan, olg‘a qadam bos!
Ortga nazar sol, bosilgan bu yo‘l,
Sen allaqachon g‘olib bo‘lgansan.
Faqat chekinmay, kurashgin tinmay,
Temuriylarning avlodi sensan.
Jamoa, jamoa… Oila, oila…
Jamoa, jamoa…
Bir oila, bir jamoa. {x4}
G‘olibsan, olg‘a qadam bos!
- Artist:Lola Yuldasheva