Yashaylik lyrics

Songs   2024-09-17 23:52:24

Yashaylik lyrics

Biz bu dunyoda faqat mehmon,

Yodimizda bo’lsain bu har on,

Baribir ketarmiz bir kun.

Bu hayot sinovdir aslida,

Shunday yashang ketar vaqtida,

Uyalmaylik ketish uchun.

Yuraklarda qolmasin alam,

Yolg’iz yashamasin hech odam,

Biling faqat mehr qolur.

Juda oson qilish vahshiylik,

Ulguring qilishga yaxshilik,

Inson dardin inson olur.

Naqarot:

Yashaylik charchamay hech ham

Sevgi, shodlik berishdan

Bu zamin mehmonlariga

Yashaylik berib baxt, shodlik

Bir-birimizga

Ikki yo’ldan o’tmaymiz taqdirda also.

Ayamaylik hech kimdan kulgu,

So’nmasinlar qalbdagi tuyg’u,

Axir bu umr g’animat.

Biz bu dunyoga keldik yig’lab,

Ketamiz kimnidir yig’latib,

Bu achchiq, lekin haqiqat.

Har soniya omonat bu jon,

Bilsa hamki buni har inson,

Qo’yar noto’g’ri qadamlar.

Umrimizning daftarin faqat,

To’ldirsin yaxshilik muhabbat,

Yutmasin hech kim alamlar.

See more
Rayhon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.rayhon.uz
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Rayhon
Rayhon Lyrics more
Rayhon Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved