Shoshilma Qizgina [Azerbaijani translation]
Shoshilma Qizgina [Azerbaijani translation]
Toʻlmasdan oʻn olti yoshingga,
Qalamlar tortildi qoshingga,
Savdolar orttirma boshingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma
Noziksan qizgʻaldoq-loladan,
Soʻragin mehribon onadan,
Farqing yoʻq hali yosh boladan,
Shoshilma qizgina, shoshilma
Ishq emas sen bilgan oʻyinchoq,
Qoʻlingda kelinmas qoʻgʻirchoq,
Hozircha top boshqa ovunchoq,
Shoshilma qizgina, shoshilma
Boʻyalmish top-toza yuzlaring,
Ranglardan koʻkarmish koʻzlaring,
Noz ila boʻyalmish soʻzlaring,
Shoshilma qizgina, shoshilma
Ajinlar tushganda yuzingga,
Dunyo tor kelganda koʻzingga,
Boʻyoqlar toparsan oʻzingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma
Bir kuni boʻylashib boʻyingga,
Sovchilar keladi uyingga,
Koʻplashib/Hammamiz boramiz toʻyingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma
- Artist:Gulsanam Mamazoitova
See more