Daryo toshqin [Russian translation]
Daryo toshqin [Russian translation]
Daryo – toshqin, suvlar – to‘lqin, o‘tolmayman,
Otim – oriq, manzilimga yetolmayman.
Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh,
Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!
Oh, akajonim, quralay ko‘zim!
Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh.
Daryolarning o‘r yuzida o‘ylaringiz,
Oqarishib ko‘rinadi bo‘ylaringiz,
Ipakmidi, baxmalmidi kiyganingiz,
Bizlardan ham ortiqmidi suyganingiz?
Oh, akajonim, quralay ko‘zim,
Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!
Daryolardan o‘tar edim, o‘tar edim,
Manzilimga yetar edim, yetar edim,
Men suysamu, ul suymasa,men netar edim,
Sho‘rlik boshim olib, qayga men ketar edim?
Oh, akajonim, quralay ko‘zim,
Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!
- Artist:Shahrizoda
See more