Ayrılık [Uzbek translation]
Ayrılık [Uzbek translation]
Qara, bugun rosa bir yil bo'ldi
Sendan ayrilganimga, gulim
Ranjimagan bir kunim bo'lmadi
Juda urindim seni unutishga
Boshqa biri bilan bo'lmoqqa
O'tmaguncha bo'lmayapti mana
Endi yana yakka-yolg'izman
O'z-o'zimga aytaman
Istasa qaytardi avvalroq deb
Ishq azobi boshqa dunyo
Aql, mantiq o'tmaydi
Ko'ngil rozi bo'lmayapti
Eng azoblisi erta bir kun boshqa biri bilan ko'raman
Eng so'nggi halokatim shu bo'lur
Bo'lmayapti, bo'lmayapti
Bu ayriliq qanchalar og'ir
Kechmayapti, kechmayapti
Bu ayriliq shunchalar og'ir
Yoz, kuz, qish kelmoqda
Pag'a-pag'a qor yog'moqda
Sevganini inson sog'inib
Endi yoningda bo'lmoqni
Qattiq quchoqlamoqni
Buning bir yo'lini topmoqni
Ham jonimda, ham tanimda
Shunday qorishding ichimda
Menga shunchaki ishq emassan
Kulishlaringdan tushunardim
Ilk ko'rishda mana haqiqiy ishq dedim
U buyuk hisoblagan muhabbatim endi shunday uzoqki
Ikki ayri dunyolar kabi
Bo'lmayapti, bo'lmayapti
Bu ayriliq qanchalar og'ir
Kechmayapti, kechmayapti
Bu ayriliq shunchalar og'ir
E'tirof etishim kerak
Dardi, qayg'usi, bari - hayotim go'zal edi sening-la
Bir tomonlama tuug'ularim bezdirmoqda o'zligimni
Sharmandalarcha sevmoq menga xos
Bo'lmayapti, bo'lmayapti
Bu ayriliq qanchalar og'ir
Kechmayapti, kechmayapti
Bu ayriliq shunchalar og'ir.
- Artist:Rafet El Roman