Alvon Lolalar [Transliteration]

Songs   2024-06-30 22:50:32

Alvon Lolalar [Transliteration]

Alvon lolalar, alvon lolalar

Sevgim qadri bo‘ldi arzon, lolalar

Dil berib, bog‘landim yorga men qachon?

Dil berib adashdim, ezdi pushaymon

Bevafo dastidan, hijron qasdidan

Sizning bargingizday mening bag‘rim qon (x2)

Alvon lolalar, alvon lolalar

Sevgim qadri bo‘ldi arzon, lolalar (x2)

Armonlar azobi ezdi bu yelkam

Ming topsang, baribir bo‘larkan bir kam (x2)

Sevgi deganlari biz uchun ertak

Birda bor ekan-u birda yo‘q ekan (x2)

Alvon lolalar, alvon lolalar

Sevgim qadri bo‘ldi arzon, lolalar (x2)

Uni uchratgandim lola saylida

Baxt topganday edim o‘shal Laylida

Sevgi taqdirida, sevgi yo‘lida

Peshonam sho‘r ekan, netay, maylida

Alvon lolalar, alvon lolalar

Sevgim qadri bo‘ldi arzon, lolalar (x2)

See more
Claudia Ionas și Florin Ionaș-Generalul more
  • country:Romania
  • Languages:Romanian, Uzbek
  • Genre:Jazz, Pop
  • Official site:https://ro-ro.facebook.com/pages/Claudia-Ionas/314755171921446
  • Wiki:https://ru.wikipedia.org/wiki/Рахматуллаев, Улугбек Ибрагимович
Claudia Ionas și Florin Ionaș-Generalul Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved