Alla lyrics

Songs   2024-07-07 16:28:00

Alla lyrics

Tunlarim gʻam, yostig'im nam,

Allalar aytdim qo'g'irchoqlarga faqat,

Qiynayverar, oʻrtayverar

Dardlarim qalbimni abad.

Tunlarim gʻam, yostig'im nam,

Baxtimni izlayverarman,

Armon, umid, dardlarimni

Tunlarga so'zlab berarman.

Naqorat:

Bittagina armonim bor,

O'rtanar xayol,

Nahot men shunday o'tarman,

O'zimga-o'zim berarman

Javobsiz savol,

Men kimga alla aytarman... (2x)

Tebratarman tunda tanho

Yog'ochdan yasalgan o'yinchoq beshikni,

Ocharmikan menga samo

Baxt deb yozilgan eshikni..

Tunlarim gʻam, yostig'im nam,

Baxtimni izlayverarman,

Armon, umid, dardlarimni

Tunlarga so'zlab berarman.

Naqorat:

Bittagina armonim bor

O'rtanar xayol,

Nahot men shunday o'tarman,

O'zimga-o'zim berarman

Javobsiz savol,

Men kimga alla aytarman...(3x)

Bittagina armonim bor

O'rtanar xayol,

Nahot men shunday o'tarman,

Nolalarimni eshitsa mehribon Olloh,

Qachondir alla aytarman,

Qachondir alla aytarman,

Qachondir alla aytarman...

See more
Rayhon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.rayhon.uz
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Rayhon
Rayhon Lyrics more
Rayhon Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved